Выберите язык

Chiroqchi tumani jamiyatida  5 yillik faoliyati yuzasidan hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24-sentabr kuni Chiroqchi tumanida  O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Chiroqchi tumani jamiyati va tayanch guruhlari faollarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada: Qashqadaryo viloyati iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi raisi, Xalq deputatlari  viloyat Kengashi deputati, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Shuhrat Xamidovich Tursunov, shahar va tuman jamiyati raislari, delegatlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Federatsiya tizimida navbatdagi hisobot konferensiyalariga tayyorgarlik ko‘rish, joylarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ishlarini yanada samarali tashkil etish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tayanch guruhlarining mahallalarda aholi bilan ishlashdagi ishtiroki, iste’molchilarning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan amaliy ishlarni kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish doirasida hisobot konferensiyalariga tayyorgarlikning muhim bosqichi sifatida hududiy konferensiyaga vakillar saylash masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlash joizki, Federatsiyaning amaldagi tartibiga ko‘ra, tuman va shahar jamiyatlari hamda tayanch guruhlari faollarining yig‘ilishlari hududiy konferensiyalarga vakillar saylash jarayonining dastlabki bosqichini tashkil etadi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening