Выберите язык

⚡️Chiroqchi tumanida isteʼmolchi huquqi tiklandi 

Kafolat muddati davomida uzoq muddat foydalaniladigan tovar nosoz bo‘lsa, iste’molchi uni bepul ta’mirlashni talab qilishga haqli. Qonunchilikka ko‘ra, bunday tovar ta’mirga qabul qilinganda iste’molchiga foydalanib turish uchun xuddi shunday tovar berilishi shart.

Maʼlum boʻlishicha, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro M.A  tuman markazida joylashgan savdo doʻkondan 2 475 000 soʻm pul miqdorida kredit shartnomasi asosida televizor xarid qilgan.

Oradan hech qancha vaqt oʻtmay turib, televizorni ichki sxemasidan muammo paydo boʻlib ishlamay yaroqsiz holga kelib qolgan. Isteʼmolchi holatni tushuntirish maqsadida savdo doʻkoni rahbariga murojaat qilib borganida doʻkon rahbari va xodimlari bepisandlik bilan isteʼmolchini umuman eshitishishmagan.

Shundan soʻng, fuqaro Chiroqchi tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat qonun doirasida oʻrganilib, fuqaro haqligi aniqlandi va isteʼmolchiga nosoz televizor savdo doʻkoni servis xizmati tomonidan taʼmirlab yaroqli holga keltirib berildi.

✅ Shunga qaramay, iste’molchi huquqlari saqlanib qoladi: nuqson bartaraf etilishi, tovar almashtirilishi yoki pul qaytarilishi talab qilinishi mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening