Выберите язык

Fuqaroning murojaati o‘z vaqtida o‘rganilib, vаyfay xizmatidagi muammo hal qilindi

Fuqarolarning iste’molchi sifatidagi huquqlarini himoya qilish, ularning murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish borasida Denov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Denov shahar Bobur MFY, Guliston ko‘chasi 53-uyda yashovchi fuqaro X. Sattarov tomonidan jamiyatga murojaat yo‘llangan. Murojaat 2026-yil 3-sentabr kuni 55-son bilan qayd etilgan.

Murojaat fuqaroning o‘z ishtirokida hamda aloqa tarmog‘i mutaxassislari hamkorligida o‘rganilgan. O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘rsatilgan vayfay (Wi-Fi) nosozliklari aniqlanib, tegishli choralar ko‘rilgan va muammo ijobiy hal etilgan.

Bu haqda Denov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqaro X. Sattarovga yozma ravishda ma’lum qilingan. Hujjatda murojaat natijasidan so‘ng fuqaroning yana murojaat qilish huquqi ham tushuntirilgan.

Mazkur holat iste’molchilar murojaatlarini o‘rganishda tegishli xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mutaxassislari bilan hamkorlik qilish muammoni tezkor aniqlash va bartaraf etishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Har bir murojaat — e’tibor va amaliy yechimga loyiq.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening