Выберите язык

Denov tumanida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi

Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning iste’molchi sifatidagi huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolarga amaliy yechim topish borasida Denov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, jamiyatning ishonch telefoniga fuqaro Xolboeva Gulxayo tomonidan kelib tushgan 57-sonli murojaat yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Murojaatda hududdagi maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish bilan bog‘liq masala ko‘tarilgan. Murojaat Surxondaryo viloyati “Toza hudud” davlat muassasasining Denov tuman filiali tomonidan o‘rganilib, fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi.

O‘rganish natijasida murojaatda bildirilgan konteyner o‘rnatib berish talabi ijobiy hal etildi. Ko‘rsatilgan hududga maishiy chiqindilarni yig‘ish uchun maxsus konteyner o‘rnatib berildi.

Shuningdek, hududda sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda konteynerga belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Murojaatning ijobiy hal etilishi natijasida hududda maishiy chiqindilarni tartibli yig‘ish uchun zarur sharoit yaratildi. Fuqaro esa “Toza hudud” xodimlariga e’tirozi yo‘qligini og‘zaki ma’lum qilgan.

Fuqarolar murojaati — muammoni aniqlash va uning amaliy yechimini topishning muhim vositasidir. Denov tumanida amalga oshirilgan ushbu ish ham aholiga qulay va toza muhit yaratish yo‘lidagi amaliy choralardan biridir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening