Выберите язык

    Aholiga qulaylik yaratish hamda elektr energiyasi hisobini yanada aniq yuritish maqsadida eski turdagi elektr hisoblagichlarini yangi zamonaviy hisoblagichlarga bepul almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, eski namunadagi hisoblagichlar yangi avtomatlashtirilgan tizim talablariga to‘liq mos kelmasligi sababli, elektr energiyasi iste’molini hisoblash va to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida turli noqulayliklar yuzaga kelishi mumkin.
  Shu bois, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan foydalanish muddati o‘tgan yoki yangi tizimga mos kelmaydigan elektr hisoblagichlarini zamonaviy elektron hisoblagichlarga bepul almashtirish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.
   Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yangi hisoblagichlar elektr energiyasi sarfini aniq qayd etadi, ma’lumotlarni masofadan uzatish imkoniyatiga ega hamda iste’molchilar uchun hisob-kitoblarning shaffofligini ta’minlaydi.
Fuqarolardan elektr hisoblagichlarini almashtirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan berilayotgan tavsiyalarga amal qilish hamda zarur hollarda hududiy elektr ta’minoti korxonalariga murojaat qilish so‘raladi.
   Mazkur yangilik iste’molchilar uchun yanada qulay va ishonchli elektr ta’minoti tizimini shakllantirishga xizmat qiladi

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening