Выберите язык

 G‘uzor tumanida iste'molchi huquqi tiklandi: salkam 7 000 000 so'm bo'lgan nosoz telefon uchun tuzilgan shartnoma bekor qilindi

Zamonaviy smartfonlar bugungi kunda kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Uni muddatli to‘lov yoki naqd pulga xarid qilishda mahsulotning sifatli va kafolatli bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Afsuski, ba'zida xarid qilingan texnikalarda nuqsonlar chiqib turishi iste'molchilarga qiyinchilik tug‘diradi.Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida ana shunday muammoga duch kelgan fuqaroning huquqlari qonuniy tarzda himoya qilindi. Xuddi shunday murojaatlardan biri, tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro G.H. “ISHONCH” maishiy texnika do‘konidan 6 208 050 so‘mga "HONOR X8d" rusumli telefonni muddatli to‘lov asosida xarid qilgan. Oradan hech qancha vaqt o'tmay, telefonni nuqsoni borligi aniqlangan. Iste'molchi holatdan norozi bo‘lib, tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Tuman jamiyati xodimlari aralashuvi bilan muroaat qonun doirasida hal etildi. Natijada,  “ISHONCH” do‘koni ma'sullari nosoz telefonni qaytarib olib, shartnomani bekor qilindi va yaroqsiz telefon uchun to'langan  6 208 050 so'm pul mablag'i iste'molchiga naqd holda to'liqligicha qaytarib berildi. Mazkur holat iste'molchilar o‘z huquqlarini yaxshi bilishi va ularni himoya qilish idoralariga o‘z vaqtida murojaat qilishi nafaqat shaxsiy manfaatlarni, balki xizmat ko‘rsatish madaniyatini ham yaxshilashini ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening