NAMANGAN VILOYATIDA ISTE’MOLCHILAR MUROJAATLARI TAHLILI
2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Namangan viloyati hududiy birlashmasiga jami 2 520 ta murojaat kelib tushdi.
Murojaatlarning 781 tasi yozma, 1 739 tasi og‘zaki shaklda qabul qilingan bo‘lib, jami murojaatlarning 218 tasi elektron shaklda yo‘llangan.
Murojaatlar quyidagi aloqa kanallari orqali kelib tushgan:
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ishonch telefoni orqali — 3 ta;
— Bosh prokuratura Ishonch telefoni orqali — 13 ta;
— Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli Ishonch telefoni orqali — 159 ta;
— Federatsiyaning Telegram-boti orqali — 40 ta;
— to‘g‘ridan-to‘g‘ri — 2 302 ta murojaat.
Olib borilgan o‘rganish va amaliy choralar natijasida iste’molchilar foydasiga jami 19 milliard 344 million 6 ming 301 so‘m mablag‘ hal etildi.
Jumladan:
— 1091 Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha — 46 458 163 so‘m;
— Telegram-bot orqali kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha — 15 134 000 so‘m;
— to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaatlar bo‘yicha — 19 282 414 138 so‘m iste’molchilar foydasiga hal etildi.
Shuningdek, 11 ta murojaat sud organlari orqali ko‘rib chiqilib, iste’molchilar foydasiga 60 622 626 so‘m undirilishi ta’minlandi. Sud orqali hal etilgan murojaatlarning 8 tasi Chust, 1 tasi Mingbuloq, 1 tasi Chortoq va 1 tasi Uychi tumaniga to‘g‘ri keladi.
Murojaatlarning sohalar bo‘yicha taqsimoti:
kommunal soha — 1 969 ta, savdo — 236 ta, boshqa yo‘nalishlar — 111 ta, elektr ta’minoti — 66 ta, gaz ta’minoti — 51 ta, suv ta’minoti — 26 ta, servis xizmatlari — 22 ta, sog‘liqni saqlash — 18 ta, transport — 12 ta, aloqa xizmatlari — 9 ta.
Fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarni o‘z vaqtida va samarali ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
























