Выберите язык

⚡️ Gʻuzor tumanida isteʼmolchi murojaati ijobiy hal etildi 

Katta xarid qilganimizda mahsulot sifatli chiqishini va uzoq xizmat qilishini kutamiz. Ammo ba’zida kutilmagan holatlar ham sodir bo‘ladi. Gʻuzor tumanida yashovchi bir fuqaro aynan shunday vaziyatga duch keldi.

📍Qashqadaryo viloyati

Murojaatda bayon etilishicha, Gʻuzor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.H  tumandagi savdo doʻkondan 1 dona "MOONX" rusumli televizorni 4 899 000 soʻmga xarid qilgan.

Ushbu televizor kafolatlangan muddat davomida nosoz holga kelib ishlamay qolgan. Fuqaro holatni tushuntirish maqsadida doʻkonga borganida doʻkon rahbari va xodimlari fuqaroga tayinli gap aytmay bepisandlik qilishgan.

Boʻlib oʻtgan voqealikdan koʻngli toʻlmagan isteʼmolchi Gʻuzor tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati idorasiga borib mutaxassislarga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Jamiyat xodimlari murojaatni qonun doirasida oʻrganib chiqish natijasida, isteʼmolchi va doʻkon rahbarini yuzma-yuz suhbat olib borilganida isteʼmolchi haqligi aniqlanib, 4 899 000 soʻmga xarid qilingan yaroqsiz televizor yangi yaroqlisiga almashtirib berildi.

✅ Esda tuting; Iste’molchi huquqi har qanday sohada, jumladan savdo sohasida ham qonuniy himoyada.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening