Bugun O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 2-son Prenatal markazida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga Federatsiya tizimining faoliyati, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Toshkent shahar hududiy birlashmasi va uning tarkibidagi tuman jamiyatlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda tiklash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar haqida tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida Federatsiyaga a’zo bo‘lishning afzalliklari, iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan huquqiy yordam va tizimning jamoatchilik bilan hamkorlikdagi faoliyati yuzasidan ham batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.O‘quv-seminar yakunida markaz xodimlari Federatsiya faoliyatiga qiziqish bildirib, o‘z xohishlariga ko‘ra Federatsiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirdilar.
Mazkur o‘quv-seminar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash hamda Federatsiya faoliyati bilan keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.
Huquqiy savodxonlikni oshirish yo‘lida navbatdagi o‘quv-seminar
- Информация о материале
- Автор: Poytaxt matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 10
























