Выберите язык

Zarmitan dehqon bozorida o‘rganish ishlari olib borildi
Qo‘shrabot tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan Zarmitan dehqon bozorida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini ta’minlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida savdo rastalarida sotilayotgan mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddati, narxlarning ko‘rsatilishi, mahsulotlar haqida iste’molchiga zarur ma’lumotlarning taqdim etilishi hamda savdo jarayonida amaldagi talablarga rioya etilishi holatlari ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga tegishli tushuntirishlar berilib, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganishlar aholiga sifatli va xavfsiz mahsulotlar yetkazilishini ta’minlash hamda iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening