Выберите язык

ISTE’MOLCHI MANFAATI QONUN HIMOYASIDA
Sifatsiz mahsulot yoki qo‘pol muomala iste’molchi huquqlarining buzilishiga sabab bo‘lmasligi kerak. Har bir fuqaro xarid qilgan mahsuloti sifatli bo‘lishini, sotuvchi tomonidan unga hurmat bilan munosabatda bo‘linishini talab qilish huquqiga ega.
Jomboy tumanida yashovchi fuqaro iste’molchi sifatida duch kelgan muammo yuzasidan Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.
Murojaatchining bildirishicha, u Jomboy tumani sud idorasi ro‘parasida joylashgan “USD 7” do‘konidan 190 ming so‘mga futbolka xarid qilgan. Biroq xariddan so‘ng futbolkaning rangi o‘chib ketgani sababli mahsulotdan foydalanishda noqulaylik yuzaga kelgan.
Fuqaro ushbu holat yuzasidan savdo shoxobchasiga murojaat qilib, muammoni hal etishni so‘ragan. Biroq murojaatchining aytishicha, do‘kon rahbari tomonidan unga qo‘pol munosabat bildirilgan. Natijada iste’molchi o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tegishli tashkilotga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Mazkur murojaat mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli tushuntirish va amaliy choralar ko‘rildi. Iste’molchining talablari ko‘rib chiqilib, uning buzilgan huquqlarini tiklashga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, iste’molchining qonuniy manfaatlari ta’minlandi.
Bu kabi murojaatlar iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning naqadar muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatadi. Zero, bozorda xaridorning huquqi va manfaatlari ustuvor bo‘lishi, sotuvchi esa iste’molchiga sifatli mahsulot taqdim etishi hamda unga madaniyatli va hurmat bilan munosabatda bo‘lishi lozim.
Iste’molchi o‘z huquqlarini bilsa, sifatsiz mahsulot yoki xizmatga duch kelganida befarq bo‘lib qolmaydi. O‘z navbatida, bunday murojaatlarning ijobiy hal etilishi savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida mas’uliyatni oshirishga, iste’molchilar manfaatlarini yanada ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida. Adolat va qonun ustuvor bo‘lgan joyda iste’molchi manfaatlari hamisha e’tiborda bo‘ladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening