Выберите язык

Shahrisabz, Kasbi, Ko'kdala, Nishon, Muborak hamda Qarshi tumanlarida tibbiy xizmatlar sifati jamoatchilik nazorati ostida o‘rganilmoqda

Aholining sifatli, xavfsiz va o‘z vaqtida tibbiy xizmatlardan foydalanishi inson manfaatlarini ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyat farovonligini oshirishning muhim shartlaridan biridir.

Tibbiy xizmat sifati inson salomatligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, tibbiyot muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy yordamning o‘z vaqtida va belgilangan tartibda ko‘rsatilishi, tibbiyot xodimlarining kasbiy mas’uliyati hamda bemorlarga bo‘lgan munosabati ushbu yo‘nalishdagi eng muhim mezonlardan hisoblanadi.

Bugungi kunda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati va samaradorligini oshirish, fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanish jarayonidagi huquqlarini ta’minlash, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jamoatchilik nazorati esa aholining o‘z hududida ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatiga befarq bo‘lmasligini, mavjud muammolarni ochiq aniqlash va ularning yechimini izlashda faol ishtirok etishini ta’minlovchi muhim mexanizmlardan biridir. 

Ayniqsa, inson salomatligi bilan bog‘liq bo‘lgan tibbiy xizmatlar sohasida bunday nazoratning yo‘lga qo‘yilishi aholining haqli talab va ehtiyojlarini o‘rganish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Ushbu mezonlar bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar darajasini muntazam ravishda tahlil qilib borish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Shahrisabz, Kasbi, Ko'kdala, Nishon, Muborak hamda Qarshi tumanlarida joylashgan tibbiyot muassasalarida jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish jarayonida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, shifokor va tibbiyot xodimlarining bemorlarga munosabati, davolash va diagnostika jarayonlarining zamonaviy talablarga muvofiqligi o‘rganilmoqda.

Jamoatchilik nazorati doirasida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqlarini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Zero, tibbiyot tizimida xizmat sifati nafaqat ko‘rsatilgan tibbiy yordamning natijasi, balki bemorga bo‘lgan munosabat, xizmatning ochiqligi, qulayligi, o‘z vaqtida ko‘rsatilishi va fuqarolarning qonuniy huquqlariga rioya etilishi bilan ham belgilanadi.

O‘rganish davomida aniqlangan har bir holatga xolisona va mas’uliyat bilan yondashilib, fuqarolarning murojaat va takliflari ham e’tiborga olinadi. 

Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ularning kelgusida takrorlanishining oldini olish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

O‘rganish ishlari yakunlangach, aniqlangan holatlar umumlashtirilib, tegishli vakolatli tashkilot va idoralarga belgilangan tartibda rasman ma’lumot taqdim etiladi. 

Mazkur jarayonning asosiy maqsadi — aholining haqli talab va ehtiyojlarini o‘rganish, iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda tibbiy xizmatlar sohasida sifat va mas’uliyatni yanada oshirishga ko‘maklashishdir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening