Выберите язык

Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi fuqaro S.J. joriy yilning 19-iyun kuni Samarqand shahri Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan SAMSUNG savdo markazidan 1 200 000 so‘m evaziga Redmi K30 rusumli mobil telefon xarid qilgan. Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay mazkur telefonning IMEI-kodi bilan bog‘liq muammo yuzaga kelganligi sababli fuqaro O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Murojaat o‘rganilib, tegishli tartibda savdo korxonasi bilan olib borilgan tushuntirish va muzokaralar natijasida fuqaroning qonuniy manfaatlari tiklandi. Natijada telefon uchun to‘langan 1 200 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari fuqaroga qaytarib berildi hamda murojaat Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening