Выберите язык

SAMARQAND SHAHRIDAGI 109-SONLI DMTTDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 3-avgust kuni Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Samarqand shahridagi 109-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida jamoatchilik nazorati asosida kuzatuv-o‘rganish tadbiri amalga oshirildi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalari va hududning sanitariya-gigiyena holati, bolalar foydalanadigan jihozlarning holati, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanishi hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ota-onalar va tarbiyalanuvchilar manfaatlarini ta’minlash, iste’molchilarga zarur axborotlarni yetkazish hamda ularning huquqlarini himoya qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan 109-sonli DMTT mudiri Qoraboyeva Sevara Abdinazarovnaga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan bunday jamoatchilik nazorati tadbirlari iste’molchilar huquqlarini ta’minlash va xizmatlar sifatini oshirish maqsadida davom ettiriladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening