Выберите язык

    2026-yil 6-avgust kuni Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan hududiy birlashmaning tegishli buyrug‘iga asosan tibbiyot sohasida jamoatchilik nazorati tartibida kuzatuv-o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🔹 Navbatdagi o‘rganish manzili Respublika Tez tibbiy yordam markazi Navoiy shahar bo‘limi bo‘ldi. Kuzatuv davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, sanitariya-gigiyena holati, kutish sharoitlari, dori vositalari va tibbiy jihozlarning saqlanishi hamda iste’molchilar huquqlariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazorati amalga oshirildi.
⚖️ O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar yetkazildi.
✅ Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tibbiyot muassasalarida jamoatchilik nazorati tadbirlari izchil davom ettiriladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening