Выберите язык


Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Tortuvli mahallasida yashovchi fuqaro S.Z. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 1007 — Ishonch telefoni orqali o‘z iste’molchi huquqlari buzilgani yuzasidan murojaat qildi.
Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro 2026-yil 21-mart kuni "Ideya" savdo tarmog‘ining Denov tuman filialidan muddatli to‘lov asosida 10 399 200 so‘m qiymatdagi "Premiem" rusumli televizor xarid qilgan. Biroq foydalanish jarayonida televizorda texnik nosozlik aniqlanib, mahsulot o‘z vazifasini lozim darajada bajarmagani sababli iste’molchi o‘z qonuniy huquqlarini himoya qilishni so‘rab murojaat qilgan.
Mazkur murojaat Federatsiya tomonidan HJ/04-608-son bilan ro‘yxatga olinib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Denov tuman Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yuborildi.
Jamiyat mutaxassislari tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi hamda masalaga aloqador savdo korxonasi va servis xizmati vakillari bilan tegishli ishlar olib borildi. O‘rganish davomida televizorda ishlab chiqarish yoki texnik nuqson mavjudligi tasdiqlandi.
Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirilib, 10 399 200 so‘m qiymatdagi nosoz televizor servis xizmati tomonidan to‘liq ta’mirlanib, soz holatda iste’molchiga topshirildi. Shu tariqa fuqaroning buzilgan iste’molchi huquqlari tiklanib, murojaat ijobiy hal etildi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq, iste’molchilar sifatsiz yoki nuqsonli mahsulot xarid qilgan taqdirda o‘z huquqlarini himoya qilish, nuqsonlarni bartaraf etishni, mahsulotni almashtirishni yoki qonunchilikda belgilangan boshqa talablarni qo‘yishga haqlidir.
Agar iste’molchilar xizmatlardan foydalanish yoki mahsulot xarid qilish jarayonida ularning huquqlari buzilgan bo‘lsa, shuningdek, qonuniy talablari e’tiborsiz qoldirilsa, ular hududiy iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga yoki Federatsiyaning 1091 — Ishonch telefoni orqali murojaat qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening