Выберите язык

Nishon tumanida iste’molchi huquqi tiklandi: nosoz Shivaki konditsioneri yangisiga almashtirildi

Iste’molchilarga sifatli mahsulot yetkazib berish, shartnoma shartlariga to‘liq rioya etish hamda xaridordan keyingi xizmatlarni belgilangan tartibda ko‘rsatish har bir sotuvchining qonuniy majburiyatidir. 

Ayniqsa, yozning jazirama kunlarida foydalaniladigan maishiy texnikalarning soz va sifatli ishlashi fuqarolarning qulay turmushini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 Shunday ekan, iste’molchilar huquqlarining ishonchli himoya qilinishi hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Ma'lumda aks etilishicha, Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yashovchi fuqaro J.D tumanda joylashgan savdo do‘konlarning  biridan muddatli to‘lov asosida 2 ta "shivaki" rusumli konditsioner xarid qilgan. 

Shartnomaga ko‘ra, do‘kon ma’muriyati o‘zlari olib borib o‘rnatib berishlari kerak edi. O‘rnatilgandan so‘ng, fuqaro konditsionerlardan biri nosoz ekanligini aniqlagan.

Iste'molchi ertasi kuni do‘konga murojaat qilgan bo‘lsa-da, 3 hafta o‘tganiga qaramay muammo bartaraf etilmagan.

Shundan so‘ng fuqaro Nishon tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.

Tuman jamiyati mutaxassislari masalani qonun doirasida o‘rganib chiqib, do‘kon xodimlari bilan muzokara olib borishgan.

Natijada, nosoz konditsioner yangi yaroqli konditsionerga almashtirib berildi va yana bir murojaat ijobiy yakun topdi.

Har bir iste’molchi xaridni amalga oshirishdan avval mahsulot sifati, kafolat muddati hamda shartnoma shartlariga alohida e’tibor qaratishi lozim. 

Agar mahsulotda nuqson aniqlansa yoki sotuvchi o‘z majburiyatlarini bajarmasa, amaldagi qonunchilik iste’molchining huquqlarini himoya qiladi. 

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari esa fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, adolatni qaror toptirish va iste’mol madaniyatini yuksaltirish yo‘lida o‘z faoliyatini izchil davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening