Выберите язык

Yakkabog‘ tumanida iste’molchiga dori uchun to'langan pul to'liq qaytarib berildi

Dori vositalari inson salomatligi uchun juda muhim. Ularni xarid qilganda sifat, yaroqlilik muddati va ta’siri diqqat bilan tekshirilishi kerak. Nojo'ya ta’sir ko‘rsatgan dori o‘z vaqtida qaytarilishi iste’molchining qonuniy huquqidir.

Murojaatda keltirilishicha , Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro Ch.U. “Vijdon ila Insof farm” dorixonasidan 188 ming so‘mga "Infuzol" dori vositasini xarid qilgan. Biroq dori qabul qilingach, nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgan.

Holatdan norozi bo‘lgan iste’molchi dorixonaga murojaat qilgan, ammo sotuvchi dori vositasini qaytarib olishdan bosh tortgan.

Shundan so‘ng fuqaro 1091 ishonch telefoni orqali Yakkabog‘ tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Jamiyat mutaxassislari dorixona rahbariyati bilan uchrashib, masalaga oydinlik kiritgan. 

Natijada nojo‘ya ta’sir ko‘rsatgan dori vositasi qaytarib olinib, xaridorga 188 ming so‘m to‘liq qaytarib berilgan. Mazkur murojaat ijobiy hal etildi.

Dori vositalarini xarid qilishda ularning sifati, yaroqlilik muddati va organizmga ta’siriga alohida e’tibor qaratish lozim.

Noqulay holatlarda iste’molchilar o‘z huquqlarini himoya qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening