Выберите язык

📌 Iste’molchi murojaati ijobiy hal etildi
2026-yil 21-iyul kuni O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch raqamiga Navoiy shahrida yashovchi fuqaro L. R. murojaat qildi.
🔹 Murojaat mazmuni
Fuqaro murojaatida Navoiy shahridagi savdo do‘konidan xarid qilgan konditsioner nosoz va foydalanishga yaroqsiz holatda chiqqani sababli o‘z muammosini bayon qilgan.
⚖️ Jamiyat tomonidan amaliy choralar ko‘rildi
Murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, jamiyat tomonidan sotuvchi bilan olib borilgan tushuntirish ishlari va amaliy sa’y-harakatlar natijasida iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirildi.
✅ Muammo ijobiy hal etildi
Jamiyat aralashuvi bilan nosoz konditsioner yangi va sifatli konditsionerga almashtirib berildi. Natijada iste’molchining huquqlari tiklanib, murojaat ijobiy yechim topdi.
🤝 Hurmatli iste’molchilar! Agar siz ham xarid qilgan mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmat yuzasidan muammoga duch kelsangiz, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening