IPhone telefoni iste’molchi xohishiga ko‘ra almashtirib berildi
Nurobod tumanida iste’molchi murojaati o‘rganilib, fuqaroning talabi ijobiy hal etildi.
Yuksalish MFYda yashovchi fuqaro X.A. qiziga sovg‘a qilish maqsadida “Ishonch” do‘konlar tarmog‘idan iPhone 17 rusumli, “Silver” rangdagi mobil telefon xarid qilgan.
Biroq sovg‘a qilingan telefonning rangi qiziga ma’qul kelmaganligi sababli, iste’molchi telefonni boshqa rangga, ya’ni “Orange” rangiga almashtirib berishni so‘rab Nurobod tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, iste’molchiga amaldagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonunchiligi talablari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, savdo tashkiloti bilan masala yuzasidan muzokaralar olib borilib, iste’molchining talabi inobatga olindi.
O‘tkazilgan tushuntirish va amaliy ishlar natijasida fuqaro X.A.ga xarid qilgan iPhone 17 “Silver” rangli telefoni “Orange” rangli telefoniga almashtirib berildi.
Shu tariqa, murojaat iste’molchi foydasiga ijobiy hal etilib, uning qonuniy manfaatlari ta’minlandi.
Nurobod tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda yuzaga kelayotgan muammolarga amaliy yechim topish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
IPhone telefoni iste’molchi xohishiga ko‘ra almashtirib berildi
- Информация о материале
- Автор: Samarqand viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 44
























