Xonadondagi kamchiliklar to‘liq bartaraf etildi
Samarqand tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Urgut tumanida yashovchi fuqaro tomonidan murojaat kelib tushdi.
Fuqaro murojaatida Samarqand tumani, O‘zbekkent mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uydan sotib olgan xonadonida ayrim kamchiliklar mavjudligi, ushbu holatni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralganini bildirgan.
Mazkur murojaat Samarqand tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida fuqaro tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklar ko‘zdan kechirilib, mas’ul quruvchi tashkilot vakillari bilan tegishli tushuntirish va muzokaralar olib borildi.
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha quruvchilar tomonidan zarur choralar ko‘rildi. Murojaatni o‘rganish davomida xonadondagi mavjud kamchiliklar to‘liq bartaraf etilib, fuqaroning qonuniy talabi qanoatlantirildi.
Bu kabi murojaatlarning o‘z vaqtida o‘rganilishi va iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlari ta’minlanishi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Samarqand tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati iste’molchilarning murojaatlarini o‘rganish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishda davom etadi.
Xonadondagi kamchiliklar to‘liq bartaraf etildi
- Информация о материале
- Автор: Samarqand viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 38
























