Выберите язык

Bugungi kunda xizmat koʻrsatish sohasida isteʼmolchilar haq-huquqlarini himoya qilish eng ahamiyatli masalalardan biri. Fuqaro N.Bazarbaevaning huquqlarini tiklash boʻyicha Nukus shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan olib borilgan oʻrganish ishlari buning dalili hisoblanadi.



Maqsad va muammo nima edi?

Fuqaro N.Bazarbaeva "M.N" savdo markazida joylashgan “G.L” ovqatlanish joyida oʻtirib buyurtma bergan. Biroq, buyurtma qilingan taomlar 1,5 soatga kechikib kelgan hamda fuqaro tomonidan buyurtma qilinmagan boshqa narsalar olib kelingan. Bu vaziyatdan norozi boʻlgan fuqaro oʻz huquqlarining himoya qilinishida amaliy yordam soʻrab jamiyatga murojaat qilgan.

Oʻrganish davomida “G.L” ovqatlanish joyi administratoriga “Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 75-sonli qarori talablari tushuntirildi.
Shuning bilan birga, "Jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida"gi kodeksning 164-moddasi boʻyicha javobgarlik borligi ogohlantirildi.

Natijada ovqatlanish joyi maʼmuriyati oʻz xatosini tan olib, fuqaro bilan oʻzaro kelishuvga erishildi hamda isteʼmolchining bank plastik kartasiga 200 ming soʻm mablagʻ oʻtkazib berilib, zarar oʻsha vaqtning oʻzida qoplandi.

Isteʼmolchi huquqi har doim qonun himoyasida


!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening