Выберите язык

Urganch shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga iste'molchi K.A tomonidan qiymati 18 600 000 (o'n sakkiz million olti yuz ming) so'm bo'lgan Iphone 17 pro max mobil telefonida nuqsoni bo'lganligi uchun og'zaki murojaat kelib tushdi. Murojaatda xarid qilingan qurilmada texnik nuqson mavjudligi sababli undan to'liq va sifatli foydalanishda muommolar yuzaga kelayotganligi bildirilgan. Maskur murojaat tegishli tartibda Urganch shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o'rganilib chiqildi. O'tkazilgan tekshiruvlar davomida qurilmadagi nuqson holati tasdiqlandi hamda iste'molchi huqularini himoya qilishga doir amaldagi qonunchilik talablari asosida chora ko'rildi. Natijada iste'molchining qonuniy talabi qanoatlantirilib qiymati 18 600 000 (o'n sakkiz million olti yuz ming) so'm bo'lgan Iphone 17 pro max mobil telefoni yangisiga almashtirilib berildi. Iste'molchi sifatida huquqlaringiz buzilgan taqdirda O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatilari federatsiyasi ishonch telefoni 1091 raqamiga murojaat qilishingizni ma'lum qilamiz.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening