Выберите язык

Joriy yilning 4-iyun kuni O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan Uchtepa tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad - tashkilotlar o'rtasida hamkorlik o'rnatish hamda Federatsiya a'zoligiga qabul qilish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo'ldi. Uchrashuv davomida tomonlar hozirgi kunda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, Federatsiya a'zoligining afzalliklari, tashkilot faoliyatining asosiy yo'nalishlari hamda a'zolik tartiblari yuzasidan batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.

Tadbir yakunida tomonlar o'rtasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish hamda Federatsiya a'zoligiga qabul qilish bo'yicha o'zaro kelishuvga erishildi. Mazkur uchrashuv iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening