Выберите язык

  Xalqimiz orasida va’dasiga sodiq, halol mehnati va so‘zining ustidan chiqadigan insonlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Biroq, "guruch kurmaksiz bo‘lmaydi" deganlaridek, ayrim hollarda o‘z majburiyatini bajarmaydigan shaxslar ham uchrab turadi.
  Xatirchi tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Nurota tumani, Chuya MFYda yashovchi fuqaro Sh.S. O‘zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining "Ishonch" telefoni orqali murojaat qildi.
  Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro 2024-yil aprel oyida o‘ziga tegishli "Tiko" rusumli avtomobilni ta'mirlash uchun Xatirchi tumani Jaloyir MFYda faoliyat yuritayotgan servis egasi fuqaro M.M.ga 4 600 000 (to‘rt million olti yuz ming) so‘m to‘lagan. Biroq servis egasi olingan mablag‘ni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan hamda avtomobilni ta'mirlash ishlarini turli bahonalar bilan paysalga solib kelgan.
Mazkur holat Xatirchi tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudiga da'vo arizasi kiritildi.
Sud qaroriga asosan iste'molchi foydasiga 4 600 000 (to‘rt million olti yuz ming) so‘m moddiy zarar hamda 1 000 000 (bir million) so‘m ma'naviy zarar, jami 5 600 000 (besh million olti yuz ming) so‘m undirilishiga erishildi.
Mazkur holat iste'molchilarning qonuniy huquqlarini sud tartibida himoya qilish va ularning buzilgan manfaatlarini tiklash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir amaliy natijasi bo‘ldi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening