Выберите язык

Ba’zan bitta noqonuniy dalolatnoma iste’molchining zimmasiga millionlab so‘mlik asossiz qarzdorlik yuklaydi. Ammo qonun ustuvor bo‘lgan joyda adolat albatta qaror topadi. Jalaquduq tumanida qayd etilgan navbatdagi murojaat ham buning yaqqol isboti bo‘ldi.

2026-yil 29-aprel kuni Jalaquduq tumani «Ko‘kalam» MFYda yashovchi fuqaro Ma’muraxon Karatoyeva tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

Murojaatda qayd etilishicha, 2026-yil 8-yanvar kuni “Andijon suv ta’minoti” AJ Jalaquduq tumani filiali xodimi xonadonga kelib, ichimlik suvi hisoblagichini xarid qilish va o‘rnatish uchun 1 million 100 ming so‘m pul olgan hamda iste’molchining suvdan qarzdorligi mavjud emasligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirgan.

Biroq, keyinchalik mazkur xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingach, uning so‘nggi ish kunida iste’molchining ishtirokisiz rasmiylashtirilgan dalolatnoma asosida abonent hisob raqamiga 1 million 841 ming so‘m miqdorida qarzdorlik hisoblangan.

O‘rganishlar davomida mazkur dalolatnoma amaldagi qonunchilik talablariga zid ravishda, iste’molchining ishtirokisiz va xabardor qilinmasdan rasmiylashtirilgani aniqlandi.

Shundan so‘ng iste’molchining manfaatlarini himoya qilish maqsadida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Sud tomonidan da’vo talablari qanoatlantirilib, dalolatnoma haqiqiy emas deb topildi hamda iste’molchiga asossiz hisoblangan 1 million 841 ming so‘mlik qarzdorlik bekor qilindi.

Natijada iste’molchining kommunal xizmatlar sohasidagi buzilgan huquqlari tiklandi va qonuniy manfaatlari sud orqali himoya qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening