Выберите язык

Iste’molchi huquqlari va onlayn savdo mavzusida radio muloqot

“Namangan” radiokanalida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda onlayn savdoda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan navbatdagi eshittirish tashkil etildi.

Unda
Norin tumani va Chortoq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari raislari ishtirok etib, aholiga iste’molchi huquqlari, sotuvchi va xizmat ko‘rsatuvchilarning majburiyatlari, shuningdek, iste’molchilarning o‘z majburiyatlari haqida batafsil tushunchalar berishdi.

Efir davomida onlayn savdo orqali mahsulot xarid qilishda sotuvchining ishonchliligini tekshirish, to‘lov hujjatlarini saqlash, mahsulot sifati va kafolat muddatiga e’tibor qaratish, shubhali havolalar va firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘lish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, eshittirish davomida tinglovchilardan kelib tushgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy va amaliy javoblar berildi.

Bunday targ‘ibot tadbirlari aholining huquqiy xabardorligini oshirish, iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda kundalik hayotda uchraydigan muammolarga qonuniy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening