Выберите язык

Tibbiy xizmatda iste’molchi manfaati himoya qilindi

Chortoq tumanida yashovchi fuqaro farzandiga stomatologik xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelgan holat yuzasidan murojaat qilgan.

Murojaatda qayd etilishicha, dastlabki muolajadan so‘ng farzandining salomatligida noxush holat kuzatilgan hamda qayta tibbiy ko‘rik jarayonida qo‘shimcha to‘lov talabi bildirilgan. Mazkur vaziyat fuqaroning haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan.

Ushbu murojaat Chortoq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida fuqaroning murojaati asosli deb topilib, masala
iste’molchi manfaatlari yo‘lida ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening