Qoraqalpogʻiston Respublikasi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan monitoring natijalari boʻyicha maxsus jurnalistik bildirishnoma.
Federatsiya mutaxassislari monitoring oʻrganish ishlarini boshlash haqida 2026-yil 14-maydagi 20-sonli buyruqqa asoslanib, 2026-yil 17-iyun kuni Nukus shahar Tibbiyot birlashmasiga qarashli koʻp tarmoqli markaziy poliklinika va shifoxonadagi boʻlimlarda nazorat reydini oʻtkazdi.
Bu oʻrganish tibbiyot birlashmasida qonun ustuvorligi va bemorlarning huquqlari qay darajada himoya qilinayotganligini ochiq-oydin koʻrsatdi.
Birlashmada bepul xizmat koʻrsatish bor, pullik xizmatlar esa oldindan 100% toʻlov asosida yoʻlga qoʻyilgan Bemorlarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun kassa cheklari berilmoqda Shifokorlarning ish va qabul vaqti belgilab qoʻyilgan: bir bemorni koʻrish uchun 20 daqiqa, instrumental koʻrish uchun esa 30 daqiqa ajratiladi.
Biroq, shu yerning oʻzida bemorlar huquqlarining buzilishi va noqulayliklar koʻzga tashlanadi:
Elektron navbat va qabul tizimi past Birlashmada faqatgina bitta kassa ishlab turganligi sababli bemorlar uzoq vaqt kutib qolmoqda va navbatda turgan bemorlar juda koʻp Bemorlar uchun kutish joylarida qulay oʻrindiqlar yetishmaydi.
Nogironligi boʻlganlar, keksalar va homiladorlar uchun qulayliklar diqqat markazida boʻlsa-da, amaliyotda pandus faqat poliklinika bosh binosi oldida bor Qolgan boʻlimlarga kirish oldida panduslar, buning bilan birga sariq yoʻl belgilari va lift umuman oʻrnatilmagan Poliklinika va boʻlimlardagi hojatxonalar nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirilmagan.
Birlashmada bemorlarga dori yozish jarayonlari DMED dasturi (elektron retsept) orqali amalga oshirilmoqda Reyd davomida yaroqlilik muddati oʻtgan dori-darmonlar koʻzga tashlanmadi Biroq, dorilarni saqlash sanitariya talablariga javob bermaydi.
Bolalar boʻlimida dori-darmonlar tartibsiz saqlangan Salqin holda saqlanmasligi tegishli boʻlgan dorilar dori tayyorlash stolining tortmasi ichida notoʻgʻri haroratda saqlanmoqda Dori saqlash stollari yaroqsiz, zang bosgan va ustiga chiqindi toʻlgan.
Poliklinikaning dori saqlashga qarashli maxsus muzlatgichida tibbiyot xodimlarining oʻz oziq-ovqat mahsulotlari qoʻshib saqlanib turganligi aniqlandi.
Nevrologiya va Reabilitatsiya boʻlimlarining muzlatgichlarida bemorlarning oziq-ovqat mahsulotlari markirovka qilingan, biroq qolgan boʻlimlarda bunday markirovka umuman yoʻq Eng achinarlisi — Bolalar boʻlimida bolalar ichishi uchun qaynatilgan suvlar maxsus joylarga qoʻyilmagan Bolalar boʻlimi oshxonasining suv kranidan toʻgʻridan-toʻgʻri suv ichayotganligi kuzatildi, bu esa yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Klinik-Biokimyoviy laboratoriyada tahlil topshirish va yakunini olish uchun kelganlarga kutish uchun qulayliklar yaratilmagan Shuningdek tahlilga topshirilgan namunalarning usti ochiq holda turibdi.
Bolalar boʻlimining oxiridagi bemorlar uchun qoʻyilgan javonlarni ishlovchilar oʻzboshimchalik bilan egallab, turli inventarlarni yigʻib qoʻygan Bemorlar uchun ajratilgan matraslar, krovat va shkaflar boʻlimdan chiqqan chiqindilar bilan birga yoʻlni toʻsib qoʻygan.
Birlashmada yongʻin xavfsizligi masalasiga juda beparvolik bilan qaralgan Yongʻin shitlari bino tashqarisiga oʻrnatilgan, biroq ichida chelakdan boshqa hech qanday zaruriy inventar yoʻq Qoʻshimcha qoʻyilgan yongʻin oʻchirish moslamalarining yaroqlilik muddati oʻtib ketgan.
Rentgen xonasidagi yongʻin oʻchirish moslamasining yaroqlilik muddati 2012-yilda (yaʼni 14 yil oldin) oʻtib ketganligi aniqlandi.
Birlashmada fuqarolar shikoyatlarini koʻrish juda quyi darajada Registratura yonida Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan bogʻlanadigan "Ishonch telefoni" apparati oʻrnatilgan, biroq u ishlamaydi Eng qoʻrqinchlisi — birlashmaning Shikoyat qutisi 2026-yilning fevral oyidan beri umuman ochilmagan.
Bu holat Sogʻliqni saqlash vazirligi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan qatʼiy nazoratga olinishi va javobgarlarga qonuniy choralar koʻrilishi shart.
NUKUS SHAHAR TIBBIYOT BIRLASHMASIDAGI REALLIK
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 20
























