Выберите язык

Bugungi kunda tibbiy xizmatlar sifati va fuqarolarning huquqiy manfaatlari eng muhim masalalardan biri boʻlib qolmoqda Ayniqsa xususiy klinikalarning sifatsiz xizmat koʻrsatganligi uchun fuqarolardan noroziliklar koʻpayib borayotgani sir emas Shunday vaziyatlardan biri Tórtkoʻl tumanida yuz berdi.

Maʼlum boʻlishicha fuqaro Toʻrtkoʻl tumanida joylashgan "M.M" shifoxonasiga tishini davolatish va yangidan tish qoʻydirish uchun shifokor koʻrigidan oʻtadi Shifoxonaning tish shifokori davolash ishlarini boshlab fuqaroning tishini oʻlchab 2-3 kun ichida toʻliq davolab berishga vaʼda beradi Biroq tishini sifatsiz va toʻliq davolanmagan holatda qoldirganligi maʼlum boʻldi Bu sifatsiz koʻrsatilgan xizmat oqibatida isteʼmolchi oʻzining haqli noroziligini bildirdi.

Fuqaro oʻzining buzilgan huquqlarini himoya qilish maqsadida 2026-yil 25-may kuni Toʻrtkoʻl tumani Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ravishda murojaat qilgan Jamiyat xodimlari tomonidan bu vaziyat qonun doirasida oʻrganilib klinika rahbariyati bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.

Natijada Jamiyatning aralashuvi bilan shifoxona tomonidan koʻrsatilgan sifatsiz xizmat uchun olingan 2 400 000 (ikki million toʻrt yuz ming) soʻm miqdoridagi mablagʻ fuqaroga toʻliq qaytarib berildi.

Bu vaziyat har bir isteʼmolchining oʻz huquqlarini bilishi va sifatsiz xizmatlarga qarshi kurashishda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining roli qanchalik ahamiyatli ekanligini yana bir bor isbotladi.

Telegram | Instagram | Facebook | You Tube

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening