Выберите язык

Termiz shahrida iste’molchi tomonidan xarid qilingan ayollar libosi bilan bog‘liq murojaat o‘rganilib, fuqaroning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Fuqaro A.A. Termiz shahridagi buyum bozoridan ayollar libosi xarid qilgan. Biroq mahsulot uy sharoitida ko‘zdan kechirilganda libosning razmeri mos kelmagani aniqlangan. Shundan so‘ng iste’molchi ushbu mahsulotni qaytarish va to‘langan mablag‘ni olish masalasida savdo do‘koni mas’ullariga murojaat qilgan.

Ammo masala joyida ijobiy hal etilmagach, fuqaro amaliy yordam so‘rab Termiz shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og'zaki murojaat qilgan.

Murojaat belgilangan tartibda qabul qilinib, jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida iste’molchining vajlari, xarid qilingan mahsulot holati hamda savdo jarayoni bilan bog‘liq jihatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jamiyat xodimlari tomonidan tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari, iste’molchining xarid qilingan mahsulot bo‘yicha qonuniy huquqlari hamda sotuvchining iste’molchi oldidagi majburiyatlari tushuntirildi.

Olib borilgan tushuntirish va amaliy choralar natijasida iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi. Fuqaro tomonidan xarid qilingan ayollar libosi savdo do‘koniga qaytarilib, mahsulot uchun to‘langan mablag‘ iste’molchiga qaytarib olib berildi.

Mazkur holat xarid jarayonida mahsulotning sifati, o‘lchami, tashqi ko‘rinishi va to‘lov hujjatlariga alohida e’tibor qaratish zarurligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Agar xarid qilingan mahsulot iste’molchiga o‘lchami, rangi, fasoni yoki boshqa belgilari bo‘yicha mos kelmasa, u qonunchilikda belgilangan tartibda mahsulotni almashtirish yoki boshqa qonuniy talablar bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Termiz shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi? 1091 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi Axborot xizmati

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening