Выберите язык

Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini tezkor va samarali hal etish O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tizimining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Ana shunday murojaatlardan biri Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi fuqaro R.K. tomonidan yuborildi. 

Fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qisqa 1007 ishonch telefoni orqali murojaat qilib, internetdagi «D... A..» onlayn savdo sahifasi orqali xarid qilgan giyohlardan tayyorlangan mahsulot kutilgan natijani bermagani, aksincha sog‘lig‘ida ijobiy o‘zgarish kuzatilmaganidan norozi ekanini ma'lum qildi. Murojaat qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga yuborildi. 

Murojaatni o‘rganish jarayonida mazkur mahsulotni sotuvchi korxona Qo‘qon shahrida faoliyat yuritishi aniqlandi. Shu munosabat bilan murojaatni joyida ko‘rib chiqish va iste'molchining huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasiga yuklatildi. 

O‘rganishlar davomida ma'lum bo‘lishicha, iste'molchi 2026 yil yanvar oyida 1 million 370 ming so‘m evaziga sotuvchi korxona giyohlaridan tayyorlangan choyni xarid qilgan. Samarasini tekshirish maqsadida ikki marta laboratoriya tahlillarini topshirgan bo‘lib, buning uchun jami 500 ming so‘m sarflagan. Biroq mahsulotni belgilangan muddat davomida iste'mol qilganidan keyin ham tahlil natijalarida hech qanday ijobiy o‘zgarish qayd etilmagan. 

Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi mutaxassislari tomonidan korxona rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazilib, iste'molchining e'tirozlari va qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada korxona iste'molchining talabini ixtiyoriy ravishda qanoatlantirib, mahsulot uchun to‘langan 1 million 370 ming so‘m, shuningdek laboratoriya tahlillari uchun sarflangan 500 ming so‘m mablag‘ni qaytarib berdi. 

Eng muhimi, fuqaroning buzilgan huquqlari qisqa muddatda tiklanib, murojaat ijobiy hal etildi. Bu esa iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan murojaatlar har tomonlama o‘rganilishi, tadbirkorlik sub'ektlari bilan konstruktiv muloqot olib borilishi va masalalarni sudgacha bo‘lgan tartibda hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasini yana bir bor namoyon etdi.

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari fuqarolarga huquqiy maslahat berish, buzilgan huquqlarni tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda bundan keyin ham amaliy ko‘mak ko‘rsatishda davom etadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening