Выберите язык

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda yuzaga kelgan muammolarni amaldagi qonunchilik asosida hal etish O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Joriy yilning 9-iyun kuni O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali fuqaro N.N. tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda iste’molchi Abu Saxiy savdo majmuasining G blokida joylashgan savdo do‘konidan muzlatgich xarid qilgani, biroq mahsulot yashash manziliga yetkazib berilganida unda zavod nuqsoni mavjudligi aniqlanganini ma’lum qilgan.
Murojaatda qayd etilishicha, muzlatgichning eshik yon qismi singan holatda yetkazib berilgan bo‘lib, iste’molchi mahsulotni almashtirib berish talabi bilan sotuvchiga bir necha bor murojaat qilgan. Shunga qaramasdan, savdo do‘koni tomonidan turli vajlar bilan masala cho‘zilib kelinayotganidan norozilik bildirilgan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida savdo korxonasi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, suhbatlar olib borildi hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga oid amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Ko‘rilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirildi hamda fuqaro N.N. tomonidan xarid qilingan nuqsonli muzlatgich yangisiga almashtirib berilishiga erishildi.
Ushbu natija iste’molchilar o‘z huquqlari buzilgan hollarda tegishli tashkilotlarga murojaat etish orqali qonuniy manfaatlarini himoya qilishlari mumkinligini yana bir bor tasdiqlaydi.


“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening