Kasbi tumanida salkam 5 million so‘mlik nosoz havo sovutgichi yangisiga almashtirildi
Yozning jazirama kunlarida havo sovutgichi xonadonlarda qulay va salqin muhit yaratishda muhim maishiy texnika vositalaridan biri hisoblanadi.
Bunday texnikani xarid qilishda uning sifati, sozligi va iste’molchi huquqlarining ta’minlanishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Ammo ayrim hollarda yangi xarid qilingan mahsulotda ham nuqsonlar aniqlanib, iste’molchi muammoga duch kelishi mumkin.nadi.
Uni xarid qilganda sifat va ishonchlilik birinchi o‘rinda turishi kerak. Biroq ba’zida yangi sotib olingan texnika ham nosoz chiqishi mumkin.
Xuddi shunday murojaatlardan biri, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi fuqaro O.N. tumanda joylashgan savdo do'konlarning biridan 4 400 000 so‘m naqd pul evaziga havo sovutgich xarid qilgan.
Uyga olib kelib ishlatganda sovutgich nosoz ekanligi aniqlangan. Do‘kon ma’muriyatiga holatni tushuntirish maqsadida murojaat qilganida ham, murojaat hal etilmagan.
Iste'molchi ushbu holatdan norozi bo‘lib, Kasbi tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.
Jamiyat mutaxassislari masalani o‘rganib, do‘kon rahbari va xodimlariga qonuniy tushunchalar va huquqiy bilimlar berildi.
Natijada, 4 400 000 so'mga xarid qilingan havo sovutgich tuman jamiyati xodimlari aralashuvi bilan yangi yaroqlisiga almashtirib berildi.
Bu kabi amaliy ishlar iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, savdo sohasida mas’uliyat va qonuniylikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
























