Выберите язык


Nukus shahri, "Temir yo‘l" MFY, A. Dosnazarov ko‘chasida yashovchi fuqaro A.Bazarbaeva Nukus shahrida joylashgan “I.E” klinikasida kichik farzandi uchun analiz topshirgan. Analiz javobini Telegram tarmog‘i orqali yuborishni so‘rab qo‘ng‘iroq qilganida, klinika xodimlari tomonidan qo‘pol munosabatda bo‘linganligi va 3 soat ichida javob yuborilmaganligi sababli norozilik bildirib murojaat qilgan.

Nukus shahri Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari davomida, shifoxona davolash-diagnostika javoblarini fuqaroning Telegram raqamiga elektron tarzda yuborganligi aniqlandi.

Klinika xodimlari bilan tushuntirish ishlari olib borilib, iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening