Выберите язык

Ko‘rsatilmagan xizmat uchun qarzdorlik qayta hisoblanadi

Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi fuqaro maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmati bo‘yicha asossiz hisoblangan qarzdorlik yuzasidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida fuqaroning xonadonida amalda 2 nafar shaxs istiqomat qilishi, biroq xizmat haqi 10 nafar fuqaro hisobidan yuritilgani aniqlandi. Bundan tashqari, fuqaro yashaydigan hududda chiqindilarni olib chiqish xizmati tegishli tartibda ko‘rsatilmagani ham hujjatlar bilan qayd etilgan. Natijada 2024-yil may oyidan 2026-yil oktabr oyiga qadar fuqaro nomiga 1 355 200 so‘m qarzdorlik hisoblangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish Federatsiyasi Namangan viloyat birlashmasi Chust tuman jamiyati tomonidan fuqaro manfaatida sudga da’vo arizasi kiritildi.
Sud ish hujjatlarini o‘rganib, iste’molchining huquqlari buzilgan degan xulosaga keldi va da’vo talabini qanoatlantirdi. Sud qaroriga asosan, fuqaro nomiga hisoblangan 1 355 200 so‘m qarzdorlikni qayta hisob-kitob qilish majburiyati xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot zimmasiga yuklatildi. Shuningdek, javobgar tomonidan davlat foydasiga 412 ming so‘m davlat boji undirilishi belgilandi.
Mazkur holat yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, iste’molchi amalda ko‘rsatilmagan yoki lozim darajada ko‘rsatilmagan xizmat uchun hisoblangan to‘lovlarga befarq bo‘lmasligi, hisob-kitoblarni tekshirishi va huquqlari buzilgan taqdirda belgilangan tartibda murojaat qilishi lozim.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening