Выберите язык

ISTE’MOLCHI HUQUQI SUD ORQALI HIMOYA QILINDI

Namangan shahrida yashovchi fuqaro telefon apparatini ta’mirlash uchun ustaga murojaat qilganida, xarajat 500 ming so‘mdan oshmasligi aytilgan. Biroq xizmat yakunida undan jami 900 ming so‘m undirilgan. Shunga qaramay, telefon yaxshi ishlamagan va ustaning pulni qaytarish haqidagi va’dasi ham bajarilmagan.Fuqaro O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan shahar jamiyatiga murojaat qildi. Murojaat mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganilib, sudga da’vo arizasi kiritildi.
⚖️
Sud qaroriga ko‘ra, javobgardan iste’molchi foydasiga:
900 ming so‘m moddiy zarar;
2 million so‘m ma’naviy zarar undirish belgilandi.

Shuningdek, tegishli sud xarajatlarini to‘lash majburiyati ham javobgar zimmasiga yuklatildi.
Mazkur holat haqida
“Namangan haqiqati” gazetasining 2026-yil 17-sentabrdagi sonida ham maqola e’lon qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening