Namangan viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi tomonidan tizim faoliyatiga doir navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda hududiy birlashma hamda tuman va shahar jamiyatlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ish samaradorligini oshirish va kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishga qaratilgan qator muhim masalalar muhokama qilindi.
Xususan, tuman va shahar jamiyatlarida ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash tizimini tartibga solish, nomenklatura hujjatlarini belgilangan talablar asosida to‘g‘ri shakllantirish va yuritish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni sifatli, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularda ko‘tarilgan muammolarga amaliy yechim topish hamda murojaatlar ijrosi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish davomida tizimda so‘nggi besh yil davomida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, tayanch guruhlari faollari ishtirokida umumiy yig‘ilishlarni belgilangan tartibda va yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha ham tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, rejalashtirilgan monitoring tadbirlarini sifatli tashkil etish, texnikumlar va oliy ta’lim muassasalarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida o‘rganishlar o‘tkazish, ularning natijalari bo‘yicha mazmunli va sifatli axborot materiallarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Tuman va shahar jamiyatlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, xususan, xizmat avtomashinasiga ega bo‘lmagan jamiyatlarni transport vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish yuzasidan ham vazifalar belgilandi.
Shu bilan birga, 2027-yil uchun Harakatlar dasturini ishlab chiqish, tizim faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, jamiyat a’zolari sonini oshirish, boshlang‘ich tashkilotlar va tayanch guruhlari faoliyatini yanada jonlantirish bo‘yicha taklif va vazifalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Namangan viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi tomonidan tizim faoliyatiga doir navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
- Информация о материале
- Автор: Namangan viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 19
























