Выберите язык

  2026-yil 28-iyul kuni Navbahor tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning "Beshrabot" MFY hududida yashovchi aholi hamda savdo do‘koni sotuvchilaridan maishiy chiqindilar oylar davomida olib ketilmayotgani yuzasidan norozilik murojaati kelib tushdi.
  Murojaat kelib tushgan kunning o‘zidayoq Navbahor tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan masala tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rildi.
  Natijada hududdagi ko‘chalar va chiqindi to‘planib qolgan joylar tozalanib, maishiy chiqindilar olib chiqib ketildi hamda fuqarolarning haqli e'tirozlari bartaraf etildi.
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari fuqarolarning murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening