Выберите язык


Qumqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Saodat Alisaidova maishiy texnika do‘konidan 170 000 so‘mga ventilyator xarid qilgan. Biroq mahsulot xarid qilinganidan ko‘p o‘tmay nosoz holga kelgan. Sotuvchi tomonidan kafolat majburiyatlari o‘z vaqtida bajarilmagani sababli iste'molchi O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Murojaat Qumqo‘rg‘on tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida iste'molchi haqiqatan ham tuman markazidagi dehqon bozori yaqinida joylashgan elektr jihozlari do‘konidan ventilyator xarid qilgani va mahsulot nosoz ekanligi tasdiqlandi.
Jamiyat xodimlarining aralashuvi natijasida sotuvchi o‘z zimmasidagi kafolat majburiyatini bajarib, nosoz ventilyatorni o‘z hisobidan bepul ta'mirlab berdi. Natijada iste'molchining qonuniy huquqlari tiklandi va murojaat ijobiy hal etildi.
Mazkur holat iste'molchilarga sotib olingan mahsulot sifati talabga javob bermagan yoki kafolat shartlari bajarilmagan taqdirda o‘z huquqlarini himoya qilish uchun vakolatli tashkilotlarga murojaat qilish muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.


Iste’molchi huquqlari bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz, Federatsiyaning 1091 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening