Выберите язык

Fuqarolarning iste’molchi sifatidagi qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida, xolis va qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tizimining ustuvor vazifalaridan biridir. Joylarda olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida iste’molchilar duch kelayotgan muammolar o‘z vaqtida bartaraf etilib, ularning huquqlari tiklanmoqda.

Jumladan, Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro T.A. 2026-yil 20-may kuni Baliqchi shahridagi Markaz ko‘chasida joylashgan IDEA savdo do‘konidan muddatli to‘lov asosida uy-ro‘zg‘or texnikalari xarid qilgan. Xarid qilingan mahsulotlar orasidagi changyutgichdan foydalanish jarayonida unda ishlab chiqarish nuqsoni mavjudligi aniqlangan.

Iste’molchi muammo yuzasidan ertasi kuni savdo do‘koni vakillariga murojaat qilgan bo‘lsa-da, masalani bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmagan. Shundan so‘ng fuqaro o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida Baliqchi tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat bilan murojaat qilgan.

Mazkur murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, jamiyat mutaxassislari, IDEA savdo do‘koni vakili hamda murojaatchi ishtirokida o‘tkazilgan o‘rganish natijasida savdo do‘konining servis xizmati tomonidan changyutgichdagi texnik nuqson bartaraf etildi va iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi.

Mazkur holat iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar o‘z samarasini berayotganini, fuqarolarning murojaatlari esa amaldagi qonunchilik talablari asosida xolis va adolatli ko‘rib chiqilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening