Выберите язык

Angor tumanida iste’molchi tomonidan xarid qilingan qurilish materiali bilan bog‘liq murojaat o‘rganilib, fuqaroning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Angor tumani O‘zbekiston mahallasida yashovchi fuqaro B.M. Angor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, xarid qilingan qurilish materiali sifati yuzasidan e’tiroz bildirgan.

Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro Angor tumani At-Termiziy ko‘chasida joylashgan Ro‘ziyev Baxtiyor Y.T.T.ga qarashli savdo shoxobchasidan 250 dona “shlakablok” qurilish materialini xarid qilgan. Har bir mahsulot 3 800 so‘mdan baholanib, umumiy xarid qiymati 950 000 so‘mni tashkil etgan.

Biroq mahsulotlar xonadonga olib borilgach, ularning bir qismi foydalanishga yaroqsiz, ya’ni amalda nuqsonli ekani ma’lum bo‘lgan. Iste’molchi mahsulotlarni tekshirish jarayonida ayrim shlakabloklar sifatsizligini aniqlab, nuqsonli mahsulotlarni ajratib qo‘ygan.

Fuqaro ushbu holat yuzasidan dastlab sotuvchi tomonga murojaat qilib, nuqsonli mahsulotlarni sifatlisiga almashtirib berishni so‘ragan. Ammo masala joyida hal etilmagach, iste’molchi amaliy yordam so‘rab Angor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Mazkur murojaat belgilangan tartibda qabul qilinib, tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida iste’molchining vajlari, xarid qilingan mahsulot holati, yetkazib berish jarayoni hamda sotuvchi bilan bog‘liq holatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan sotuvchi bilan uchrashuv o‘tkazilib, amaldagi qonunchilik talablari, iste’molchining sifatli mahsulot xarid qilish huquqi hamda sotuvchining iste’molchi oldidagi majburiyatlari tushuntirildi. Xususan, xaridorga taqdim etilgan mahsulot sifati belgilangan talabga javob berishi lozimligi, nuqson aniqlangan taqdirda esa iste’molchining mahsulotni almashtirish yoki boshqa qonuniy talablarni qo‘yish huquqi mavjudligi qayd etildi.

Olib borilgan tushuntirish va amaliy choralar natijasida murojaat iste’molchi foydasiga hal etildi. Fuqaroga nuqsonli deb topilgan 137 dona “shlakablok” o‘rniga sifatli mahsulot yetkazib berildi.

Shu tariqa iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirilib, uning buzilgan huquqi tiklandi. Murojaat ijobiy hal etilgani yuzasidan fuqaro ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorlik bildirgan.

Mazkur holat qurilish materiallarini xarid qilishda iste’molchilar mahsulot sifati, miqdori, yetkazib berish shartlari, to‘lov hujjatlari va sotuvchi tomonidan beriladigan kafolat masalalariga alohida e’tibor qaratishi zarurligini yana bir bor ko‘rsatadi. Ayniqsa, katta miqdorda qurilish materiali xarid qilinayotganda mahsulotni qabul qilib olish jarayonida uning sifati va butligini tekshirish muhim ahamiyatga ega.

Agar xarid qilingan qurilish materiali sifatsiz, yaroqsiz yoki kelishilgan talabga mos bo‘lmasa, iste’molchi mahsulotni almashtirish, kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilish yoki boshqa qonuniy choralar yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega.

Angor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning og‘zaki va yozma murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida yuzaga kelayotgan nizoli holatlarga qonuniy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi?
1091 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi Axborot xizmati

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening