Sherobod tumanida iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi
Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda yuzaga kelgan muammolarga amaliy yechim topish borasida Sherobod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ana shunday murojaatlardan biri Sherobod tumani “Zarabog‘” mahallasida yashovchi fuqaro Xomidova Madina tomonidan yo‘llangan.
Fuqaro jamiyatning ijro etuvchi apparati ishonch telefoniga murojaat qilib, xarid qilgan POCO rusumli smartfonida nuqson mavjudligi sababli uni boshqa yangi telefonga almashtirib berishni so‘ragan.
Murojaat 2026-yil 23-sentabr kuni № IT/X-84-son bilan ro‘yxatga olinib, jamoatchilik tartibida o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida Sherobod tumani hududida faoliyat yuritayotgan smartfon savdo do‘koni egasiga murojaat qilinib, masala yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Natijada fuqaroning xohishiga ko‘ra, nuqsonli POCO rusumli smartfon boshqa turdagi HONNOR 5 D pilus rusumli telefonga almashtirilib, qayta hisob-kitob qilindi.
Shu tariqa, iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, xarid qilingan mahsulot bilan bog‘liq muammo amaliy tarzda bartaraf etildi. Murojaatining ijobiy hal etilganidan mamnun bo‘lgan fuqaro jamiyat boshqaruvi nomiga tashakkurnoma ham yo‘llagan.
Mazkur holat iste’molchi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, savdo subyektlari bilan hamkorlikda muammolarga yechim topish va xaridorlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash muhimligini ko‘rsatadi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Xarid qilingan mahsulotda nuqson aniqlangan taqdirda, iste’molchi o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli tartibda murojaat qilish huquqiga ega.
























