Выберите язык

Qumqo‘rg‘on tumanida fuqaroning oziq-ovqat mahsuloti bo‘yicha murojaati ijobiy hal etildi

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda sifatsiz mahsulotlar bilan bog‘liq muammolarga amaliy yechim topish borasida Qumqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Ana shunday murojaatlardan biri Qumqo‘rg‘on tumani “Davlatsoy” MFY, Yangi qishloq ko‘chasi, 8-uyda yashovchi fuqaro Jumayev Chorshanbi tomonidan yo‘llangan.

Fuqaro 2026-yil 25-sentabr kuni jamiyatga murojaat qilib, Surxon sohil mahallasida joylashgan “Surxon sohil taraqqiyot” MChJga qarashli savdo do‘konidan 75 000 so‘mga kolbasa mahsulotini xarid qilganini bildirgan. Uyiga olib borib, mahsulotni iste’mol qilish jarayonida uning sifatsizligi aniqlangan.

Murojaat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan tegishli tashkilot mas’ullari va savdo do‘koni sotuvchisi Normamatova Inobat ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida fuqaro tomonidan xarid qilingan 75 000 so‘mlik kolbasa mahsuloti sifatsiz ekani aniqlanib, savdo do‘koni sotuvchisiga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirildi.

Natijada savdo do‘koni sotuvchisi tomonidan iste’molchining talabi qanoatlantirilib, kolbasa mahsuloti uchun to‘langan 75 000 so‘m mablag‘ fuqaro Jumayev Chorshanbiga to‘liq qaytarib berildi. Bu holat jamiyatning 2026-yil 25-sentabrdagi ma’lumotnomasida ham qayd etilgan.

Shuningdek, fuqaro o‘z tushuntirish xatida murojaati o‘rganilgani va natijada to‘lagan pul mablag‘i qaytarib berilganini tasdiqlagan.

Shu tariqa, iste’molchining murojaati amaliy jihatdan ijobiy hal etilib, uning qonuniy manfaati ta’minlandi.

Mazkur holat oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda ularning sifati va yaroqlilik holatiga alohida e’tibor qaratish, shuningdek, iste’molchilarning qonuniy talablarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish muhimligini ko‘rsatadi.

Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Har bir xaridor oziq-ovqat mahsulotini xarid qilishda uning sifati, yaroqlilik muddati va iste’molga yaroqliligiga e’tibor qaratishi, muammo yuzaga kelgan taqdirda esa o‘z huquqlarini himoya qilish uchun tegishli tartibda murojaat qilishi mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening