Выберите язык

 

Angor tumanida iste’molchining 7 million 850 ming so‘mlik telefon bo‘yicha murojaati ijobiy hal etildi

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda yuzaga kelgan muammolarga amaliy yechim topish borasida Angor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Ana shunday murojaatlardan biri Angor tumani O‘zbekiston mahallasida yashovchi fuqaro Qult o‘rayev Alisher tomonidan yo‘llangan.

Fuqaro Angor tumani Tijorat bozori hududida joylashgan “U tech mobile” savdo do‘konidan farzandi uchun 7 850 000 so‘mga “iPhone 13 Pro Max” rusumli smartfon xarid qilgan.

Biroq ma’lum vaqt o‘tgach, xarid qilingan telefonda nuqson yuzaga kelgan. Iste’molchi ushbu holat yuzasidan savdo do‘koni xodimlariga murojaat qilib, telefonni almashtirib berishni so‘ragan. Ammo uning talabi dastlab qanoatlantirilmagan.

Shundan so‘ng fuqaro o‘zining qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Angor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Mazkur murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, savdo do‘koni mas’ullariga tegishli tushuntirishlar berildi. O‘rganish natijasida iste’molchining talabi qanoatlantirilib, nuqsonli smartfon boshqa telefon apparatiga almashtirib berildi.

Shu tariqa, fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, xarid qilingan mahsulot bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi.

Mazkur holat savdo jarayonida iste’molchilarning huquqlariga rioya etish, sotilgan mahsulot sifati uchun mas’uliyatni his qilish hamda xaridorlarning qonuniy talablarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Xarid qilingan mahsulotda nuqson aniqlangan taqdirda, iste’molchi o‘z qonuniy huquqlarini talab qilish va tegishli tashkilotlarga murojaat etish huquqiga ega.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening