Выберите язык

⚡ Qashqadaryoda kengash yig'ilishida 6 oylik natijalar sarhisob qilindi 

O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. 

Yig'ilishda hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan  2026-yilning oʻtgan 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama etildi.

Shuningdek, 2026-yilning  3-choragida amalga oshiriladigan faoliyatning asosiy yo'nalishlari belgilab olindi. 

Qayd etish joizki, viloyat bo'yicha o'tgan 6 oy davomida iste'molchilardan jami 1065 ta murojaat qabul qilinib, tegishli tartibda o'rganib chiqilgan.

Murojaatlarning 784 tasi yozma, 15 tasi Bosh prokuratura ishonch telefoni orqali, 1091 ishonch telefoni orqali 241 ta, telegram bot orqali esa 25 ta murojaat qabul qilinib, tegishli tartibda oʻrganib chiqilishi ta'minlangan.

Murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, 221 tasi   savdo, 271 tasi gaz ta'minoti, 142 tasi elektr energiyasi ta'minoti, 60 tasi suv ta'minoti, tasi kommunal soha, 170 tasi sog'liqni saqlash sohasi, 14 tasi xizmat ko'rsatish (servis), transport sohasi  43 tasi, aloqa, internet sohasi 18 tasi, boshqa sohalar boʻyicha 123 tani tashkil etadi.

Kelib tushgan murojaatlar o'rganilishi natijasida, iste'molchilar manfaatlariga yetkazilgan jami 1 847 900.0 ming soʻmdan ortiq moddiy va ma'naviy zararlar qayta hisob-kitob qilinishi va undirib berilishi ta'minlangan. 

Shuningdek, o’tgan  6 oy davomida  tuman va shahar jamiyati raislari tomonidan 24 ta murojaat yuzasidan  iste'molchilarga yetkazilgan zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga da'vo arizalari kiritilib, iste'molchilar manfaatlariga yetkazilgan 1 003 176. 00 so'mdan ortiq zararlar sud qarorlari orqali undirilishi ta'minlangan.

Yig'ilishda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi qonunchilik ijrosini ta'minlash maqsadida qilinayotgan ishlar ko'lamini yanada oshirish bo'yicha tuman (shahar) jamiyatlari mas'ullariga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

📞 1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar)

🔗 Kanalimiz:
https://t.me/Qashqadaryoistemol

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening