Выберите язык

 

Qumqo‘rg‘on tumanida fuqaroning ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha murojaati ijobiy hal etildi

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kommunal xizmatlar sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish hamda asossiz hisoblangan to‘lovlarning oldini olish borasida Qumqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Qumqo‘rg‘on tumani Jarqishloq mahallasi Xardiri ko‘chasida yashovchi fuqaro Normatov Ilxom Xudoyberdiyevich O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat qilib, xonadoniga ichimlik suvi uchun asossiz ravishda 1 million 200 ming so‘m atrofida qarzdorlik hisoblanganidan noroziligini bildirgan.

Mazkur murojaat Qumqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan nazoratga olinib, jamiyat xodimi B. Buriev tomonidan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaro istiqomat qilayotgan Jarqishloq mahallasi Xardiri ko‘chasiga “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan ichimlik suvi yetkazib berilayotgani aniqlandi.

O‘rganish jarayonida iste’molchi hisob raqamida noto‘g‘ri hisoblangan 1 200 000 (bir million ikki yuz ming) so‘mlik noreal qarzdorlik jamiyat xodimlarining amaliy aralashuvi natijasida to‘liq bartaraf etildi.

Shuningdek, “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan 2026-yil 21-oktabr holatiga iste’molchining shaxsiy hisob raqamida qarzdorlik mavjud emasligi to‘g‘risida rasmiy ma’lumotnoma taqdim etildi.

Shu tariqa, fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, 1 million 200 ming so‘mlik asossiz qarzdorlik bekor qilindi.

Iste’molchi huquqlari himoyasi – amaliy natijalarda! Qumqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, asossiz hisob-kitoblarni bartaraf etish va iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Fuqarolar iste’molchi huquqlari buzilgan holatlarda Federatsiyaning 1091 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening