144 ming so‘mlik qarzdorlik masalasiga oydinlik kiritildi
Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kommunal xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarga qonuniy yechim topish borasida Qumqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Qumqo‘rg‘on tumani Ariqoshgan mahallasi Tillato‘pi ko‘chasida yashovchi fuqaro Mirzaqulov Erkin Temirovich O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat qilib, maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmati bo‘yicha hisoblangan 144 000 so‘m qarzdorlik yuzasidan e’tiroz bildirgan.
Mazkur murojaat Qumqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayoniga “Toza hudud” DUK Qumqo‘rg‘on tumani filiali mas’ul xodimlari ham jalb etildi.
O‘rganish davomida fuqaro istiqomat qilayotgan Ariqoshgan mahallasi Tillato‘pi ko‘chasiga “Toza hudud” DUK tomonidan maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmati ko‘rsatib kelinayotgani aniqlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-maydagi PQ-3730-sonli qarori talablari asosida tegishli shartnoma tuzilganligi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun hisoblangan to‘lovlar to‘g‘ri ekanligi ma’lum bo‘ldi.
O‘rganish jarayonida fuqaro tomonidan to‘langan jami 144 000 so‘m mablag‘ uning “Toza hudud” DUKdagi 110060380575-sonli shaxsiy hisob raqamiga to‘liq kirim qilingani va ayni vaqtda iste’molchining qarzdorligi mavjud emasligi tasdiqlandi.
Shu tariqa, murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, hisob-kitoblar holatiga aniqlik kiritildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha fuqaroga rasmiy javob xati taqdim etildi.
Iste’molchi murojaati – doimiy e’tiborda! Qumqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholining kommunal xizmatlar sohasidagi murojaatlarini o‘rganish, qonuniy manfaatlarini ta’minlash va yuzaga kelayotgan muammolarga amaliy yechim topish ishlari davom ettirilmoqda.
























