Выберите язык

Har bir murojaat ortida inson taqdiri, har bir qonuniy qaror ortida esa tiklangan adolat mujassam. Iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini qonuniy asosda ko‘rib chiqish hamda buzilgan huquqlarini tiklash borasidagi tizimli ishlar amaliy natijalar bermoqda.

Ana shunday murojaatlardan biri Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida ijobiy hal etildi.

Temirxo‘ja mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Nurmatova Shodiya Sanjarbek qizi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Ishonch telefoni” orqali murojaat qilib, uning roziligisiz “Alif Nasiya” platformasi orqali kredit rasmiylashtirilgani va nomiga asossiz moliyaviy majburiyat yuklatilganini ma’lum qilgan.

Mazkur murojaat Oltinko‘l tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan qonunchilik talablari asosida batafsil o‘rganildi. O‘rganish davomida iste’molchining kredit limitidan uning roziligisiz foydalanilib, “Cent Parfyum” savdo shoxobchasi bilan 14 million 400 ming so‘mlik muddatli to‘lov shartnomasi rasmiylashtirilgani aniqlandi.

Holat yuzasidan mutaxassislar tomonidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida huquqiy tahlillar, tushuntirish ishlari va muzokaralar olib borildi. Natijada kredit shartnomasi iste’molchining roziligisiz tuzilgani tasdiqlanib, uning qonuniy manfaatlariga zid ekani e’tirof etildi.

Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida 14,4 million so‘mlik kredit shartnomasi bekor qilindi hamda fuqaro zimmasiga yuklatilgan noqonuniy moliyaviy majburiyat to‘liq bartaraf etildi. Shu orqali iste’molchining buzilgan huquqlari amalda tiklandi.

Shuningdek, “Alif Nasiya” mas’ullari kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida mijozlarni identifikatsiya qilish va rozilikni tasdiqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Mazkur holat har bir murojaat e’tibor bilan o‘rganilishi, iste’molchilarning huquqlari qonuniy asosda himoya qilinishi hamda adolatni tiklash borasidagi ishlar izchil davom etayotganining yana bir amaliy tasdig‘idir. Oltinko‘l tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va iste’molchi huquqlarini ta’minlash yo‘nalishidagi faoliyatini bundan buyon ham davom ettiradi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening