Выберите язык

Sariosiyo tumanida fuqaroning elektr energiyasi bo‘yicha murojaati o‘rganildi

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish hamda asossiz hisoblangan qarzdorliklarni bartaraf etish borasida Sariosiyo tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Ana shunday murojaatlardan biri Sariosiyo tumani “Shabnam” mahallasi, Mustaqillik ko‘chasi, 37-uyda yashovchi fuqaro Bobokalonova Zaynab Sattorovna tomonidan yo‘llangan.

Fuqaro 2026-yil 7-oktabr kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga murojaat qilib, elektr energiyasidan foydalanganlik uchun to‘lovlarni doimiy ravishda amalga oshirib kelayotgan bo‘lsa-da, xonadoniga 1 500 000 so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblanganidan noroziligini bildirgan.

Mazkur murojaat Sariosiyo tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati huquqiy himoya va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha inspektori M. O‘lmasov, Sariosiyo TET UB ustasi J. Xamrayev hamda fuqaro ishtirokida atroflicha o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida xonadonda o‘rnatilgan elektr hisoblagichning ASKUE tizimida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli fuqaro tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar tizimda aks etmay qolgani aniqlandi.

Natijada iste’molchi nomiga 1 548 000 so‘m (bir million besh yuz qirq sakkiz ming so‘m) miqdorida asossiz qarzdorlik shakllangani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha mazkur qarzdorlik texnik nosozlik oqibatida yuzaga kelgani aniqlanib, fuqaroning murojaati yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Shu tariqa, iste’molchining elektr energiyasi to‘lovlari bilan bog‘liq muammosi o‘rganilib, asossiz hisoblangan qarzdorlik yuzasidan masalaga oydinlik kiritildi.

Mazkur holat kommunal xizmatlar hisob-kitoblarida yuzaga keladigan texnik nosozliklar iste’molchilarga ortiqcha muammolar tug‘dirmasligi uchun hisob-kitob tizimlarini doimiy nazorat qilish muhimligini ko‘rsatadi.

Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Har bir fuqaro kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirgan bo‘lsa-da, asossiz qarzdorlik hisoblangan holatlarda o‘z huquqlarini himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilish huquqiga ega.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening